» » Amerikalik ayolning uyi shiftidan 120 mingta asalari va 60 kg asal chiqdi (video)

Amerikalik ayolning uyi shiftidan 120 mingta asalari va 60 kg asal chiqdi (video)


AQShning Jorjiya shtati Dekeyter shahrida istiqomat qiluvchi Liza Ormundtning uyidan 120 mingta hasharotdan iborat asalari uyasi aniqlandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Ayol uyida doimiy ravishda asalaridan uchib yura boshlaganidan keyin asalarichini chaqirtirdi. Mutaxassis Bobbi Cheysson hasharotlarni aniqlash uchun issiqlik kamerasidan foydalandi va asalari uyasini uy shiftidan topdi.

Bu asalarilardan tashkil topgan antiqa adyolga o‘xshardi. Bunga o‘xshash narsani hech qachon ko‘rmaganman.

Liza Ormundt.

Asalarilar 6 soat davomida ishlagan mutaxassisni 15 marta chaqdi. U hasharotlarni xavfsiz ravishda boshqa joyga olib borish uchun vakuumli nasosdan foydalandi.

Mutaxassis asalari uyasi taxminan ikki yil shu yerda bo‘lganini aytdi.

Liza Ormundt

Bobbi Cheysson asalari uyasi shu darajada katta bo‘lishini kutmagandi. U shu vaqt mobaynida 60 kilogramm asal va mumkatak oldi.

Liza Ormundt qo‘shnilarining aytishicha, uyning avvalgi egalarida ham shunday holat yuz bergan va katta mumkataklar olib tashlangandi. Shu sababli, asalarichi hasharotlar qaytib kelmasligi uchun shift va ikkinchi qavat orasiga isituvchi moslama joylashtirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют