» » Braziliya prezidenti bir yo‘la uch jinoyatni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda

Braziliya prezidenti bir yo‘la uch jinoyatni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda


Braziliya prezidenti Mishel Temerga nisbatan tekshiruv korrupsiya, qonuniy harakatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik va jinoiy guruhni tashkil etish kabi moddalar bo‘yicha boshlandi. Bu haqda mamlakat oliy sudi hujjatlarida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

“Mishel Migel Elias Temer Luliaga nisbatan tekshiruv boshlashga ruxsat beraman”, — deyiladi Oliy sud sudyasi Edson Fakinning qarorida.

Mazkur matnga oldinroq sudga Braziliya bosh prokurori Rodrigu Jano tomonidan yuborilgan talabnoma ilova qilingan. Unda tergov materiallari keltirilgan va davlat rahbariga qarshi dalillar sanab o‘tilgan.

“Senator Aesiu Nevis prezident Mishel Temer bilan birga aksilkorrupsiyaviy tergovga yo qonunchilik tashabbuslari yoki mazkur ishni olib boradigan tergovchilar tayinlanishini nazorat qilish orqali xalaqit berishga uringan. Gap huquqiy harakatlarga to‘sqinlik qilishdek jinoyat ustida ketishi ham mumkin”, — deyiladi prokuratura so‘rovida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют