» » Donald Tramp prezident bo‘lganidan buyon uni qo‘llovchilar reytingi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi

Donald Tramp prezident bo‘lganidan buyon uni qo‘llovchilar reytingi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi


AQSh fuqarolarining Donald Tramp xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash reytingi u prezident bo‘lganidan buyon eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

AQSh prezidentining mashhurligi yo‘qolishi uning Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi atrofidagi mojarolar va FQB direktori Jeyms Komining o‘z lavozimidan ozod etilishi bilan bog‘liq.

Jamiyat fikrini bilish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, atigi 39 foiz amerikalik Donald Trampning xatti-harakatini ma’qullamoqda. 55 foiz respondent AQSh rahbaridan norozi ekani, 6 foizi esa Trampning ishiga baho berishga qiynalayotgani ma’lum bo‘ldi.

ABC News telekanali va The Washington Post nashrining bir muddat avval o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, AQSh prezidentligiga da’vogarlik qilgan Hillari Klinton tarafdorlarining qariyb 85 foizi uni yana qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ma’lum bo‘lgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют