» » Talaba bo‘lmoqchimisiz? Siz uchun yangi imkoniyatlar PREP.UZda!

Talaba bo‘lmoqchimisiz? Siz uchun yangi imkoniyatlar PREP.UZda!


Sizda ilk bor mamlakatimizning eng malakali o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videodarslarni ko‘rib o‘rganish va 36 talik variant testlarni yechish orqali Oliy ta’lim muassasalari imtihonlariga tayyorlanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Videodarslar o‘z sohalarining ustalari, tajribali o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar uchun qiziqarli qilib tayyorlangan. Siz endi istagan joyingizdan, istagan vaqtingizda bilimingizni oshira olasiz. Tasavvur qiling, uyda dars qilib o‘tirgan paytingizda mavzu haqida savol tug‘ilib qoldi yoki mavzuni butunlay qaytadan o‘rganmoqchisiz. Shu vaqtning o‘zidayoq smartfoningiz yoki kompyuteringizdan TAS-IX da joylashgan PREP.UZ saytiga kirib mavzuni qiziqarli videodarslar yordamida o‘rganib olishingiz mumkin. Har bir videodarsdan so‘ng, o‘zlashtirish darajangizni tekshirib ko‘rishingiz uchun, testlar va darsga doir mashqlar berilgan. Aynan qayerda xato qilganingizni tekshirib ko‘rish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, narxlar juda hamyonbop.

36 talik testlar esa mutlaqo yangi va Davlat Test Markazining kirish imtihonlari darajasidagi testlar bo‘lib, kirish imtihoniga qanchalik tayyor ekanligingizni aniq baholash imkoniyatini yaratadi. Yecha olmagan savollaringizning to‘liq tahlilini PREP.UZ saytimizning o‘zidayoq ko‘rish va o‘rganish orqali keyinchalik bunday savollarga duch kelib qolsangiz, muammosiz yecha olishingiz mumkin bo‘ladi.

Yana bir xushxabar, darslarni o‘rganish va testlarni yechish vaqtida duch kelib qolgan savollaringizga izoh qoldirish va savollarni o‘zingizga o‘xshash yoshlar bilan muhokama qilish imkoniyati yaratildi. Eng quvonarlisi esa siz endi o‘qituvchilarga testlar va darslar bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildirishingiz mumkin. Talab va takliflardan kelib chiqqan holda, siz uchun darslar yaratib boriladi.

PREP.UZ ga tashrif buyuring, ro‘yxatdan o‘ting va yurtimizning bilimga chanqoq minglab yoshlari bilan birgalikda o‘z bilimingizni oshiring.

www.prep.uz

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют