» » O‘zbekiston va Turkmaniston Kaspiydagi konlarni birgalikda o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Turkmaniston Kaspiydagi konlarni birgalikda o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda


“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Turkmennebit” davlat konserni anglashuv memorandumni imzoladi. Marosim shanba kuni Turkmanboshidagi “Avaza” kongress markazida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining muzokaralari yakuni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Aytilishicha, hujjatda Kaspiyning Turkmaniston shelfidagi konlarda birgalikda razvedka va konni o‘zlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni ko‘zda tutadi.

Tomonlar mahsulotlarni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuv shartlarida uglevodorod xomashyosini qazib olishni mo‘ljallamoqda. Rejalashtirilayotgan hamkorlik ikki mamlakat neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют