» » O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiyasi tranziti borasida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiyasi tranziti borasida kelishuvga erishdi


“O‘zbekenergo” kompaniyasi va Turkmaniston energetika vazirligi 20-may kuni elektr energiyasi traniziti bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ikki mamlakat prezidentlarining Turkmanboshi shahridagi “Avaza” kongress markazida bo‘lib o‘tgan muzokaralari asnosida ushbu hujjat O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov va Turkmaniston energetika vaziri Chorimirot Purchekovlar tomonidan imzolandi.

Aytilishicha, memorandum ikki elektr energiyasining Turkmanistondan O‘zbekiston energetika tizimi orqali Qozog‘iston va Qirg‘izistonga yetkazilishini ko‘zda tutadi.

Shuningdek, u “Turkmanenergo” davlat energetika kompaniyasining “O‘zbekenergo” oldidagi qarzdorligini yopish hisobidan elektr quvvatining yetkazib berilishini nazarda tutadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют