» » Ikki afsona — Filipp Lam va Xabi Alonso futbolchilik faoliyatini yakunladi

Ikki afsona — Filipp Lam va Xabi Alonso futbolchilik faoliyatini yakunladi


Bugun — 20-may kuni Germaniya Bundesligasining so‘nggi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Frayburg”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Mazkur bellashuv ikki afsonaviy futbolchi — Filipp Lam hamda Xabi Alonso uchun so‘nggi rasmiy o‘yin sifatida tarixda qoldi. Ular qatorida darvozabon Tom Shtarke ham futbolchilik karyerasiga yakun yasadi.

Lam haqida doston yozsa bo‘ladi, deb ta’rif berdi “Championat.asia” nashri. Afsonaviy himoyachi faoliyati davomida jami 668 o‘yin o‘tkazdi va raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qildi.

U “Bavariya”ning afsonaviy futbolchilari Frans Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayer, Karl-Xayns Rummenigge, Uli Xyoness, Lotar Matteus, Jovanni Elber, Mexmet Sholl va Oliver Kan qatorida tilga olinadi.

Filipp Lam faoliyati davomida biror marta ham qizil kartochka olmagan himoyachi hisoblanadi. U maydonda yuksak madaniyat bilan o‘ynaydigan sanoqli himoyachilardan biri edi.

Germaniya terma jamoasidagi yorqin o‘yinlari bilan yodda qolgan Lam faoliyati davomida “Shtutgart” (2003—2005) va “Bavariya” (2001—2017) safida harakat qildi. “Nemis mashinasi”ga ilk bor 2004-yilda chaqirilgan futbolchi, 2014-yil termadagi so‘nggi o‘yinida maydonga tushgandi.

Jahon chempioni — 2014
UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi — 2013
UEFA Superkubogi sohibi — 2013
Klublar o‘rtasida Jahon chempioni — 2013
Germaniya chempioni — (8). 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
Germaniya kubogi sohibi — (6). 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2016
Germaniya Superkubogi sohibi — 2010, 2012
Germaniya liga kubogi egasi — 2007

Xabi Alonso deganda “Liverpul” hamda “Real”dagi yorqin futboli bilan tanilgan ajoyib maestro xayolga keladi. “Liverpul” safida “Milan”ga qarshi kechgan fantastik finalda g‘alaba qozongan va Chempionlar ligasi sohibiga aylangan Alonso, keyinchalik bu ishni “Real” bilan ham uddalagandi.

Ispaniya terma jamoasi bilan ikki karra Yevropa hamda bir marta jahon chempionligiga erishgan Alonso faoliyatini “Bavariya”da yakunladi. Unga “Bavariya” bilan yevrokuboklarda g‘olib chiqish nasib qilmadi. Shunga qaramay, Alonso “Bavariya”dagi faoliyati davomida uch karra Bundesliga g‘olibligiga erishdi va bir martadan Germaniya kubogi hamda Superkubogi sohibiga aylandi.

Alonso faoliyati davomida 688 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 44 bor nishonga olgan. U “Real Sosyedad” (1999—2004), “Eybar” (2000—2001), “Liverpul” (2004—2009), “Real” (2009—2014), “Bavariya” (2014—2017) kabi klublar sharafini himoya qildi.

Jahon chempioni — 2010
Yevropa chempioni — 2008, 2012
UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi — 2005, 2014
UEFA Superkubogi sohibi — 2005, 2014
Angliya kubogi sohibi — 2006
Angliya Superkubogi egasi — 2006
Ispaniya chempioni — 2012
Ispaniya kubogi egasi — 2011, 2014
Ispaniya Superkubogi egasi — 2012
Germaniya chempioni — 2015, 2016
Germaniya kubogi sohibi — 2016
Germaniya Superkubogi egasi — 2016

Professional faoliyatini “Bayer”da boshlagan Tom Shtarke keyinroq “Gamburg”, “Paderborn”, “Duysburg”, “Xoffenxaym” hamda “Bavariya” jamoalarida o‘ynadi. 2012-yil Germaniyaning eng sovrindor jamoasiga o‘tgan kiper faoliyatining so‘nggi besh yilida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi — 2013
UEFA Superkubogi egasi — 2013
Klublar o‘rtasida jahon chempioni — 2013
Germaniya chempioni — 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
Germaniya kubogi sohibi — 2013, 2014, 2016

Tom Shtarke besh yil mobaynida “Bavariya”da Noyerga zaxira posboni sifatida faoliyat ko‘rsatdi va o‘z muzeyini 9 ta sovrin bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют