» » Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga yetib keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saudning taklifiga binoan 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Saudiya Podshohi va Valiahdi bilan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ilgariroq Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgani xabar qilingan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют