» » Millatlararo munosabatlar va boshqa mamlakatlar bilan dostona munosabatlar boyicha qomita tuzildi

Millatlararo munosabatlar va boshqa mamlakatlar bilan dostona munosabatlar boyicha qomita tuzildi


Ozbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostona munosabatlar boyicha qomita tuzildi. Yangi idora Shavkat Mirziyoyev farmoniga kora Respublika baynalmilal markazi hamda dostlik jamiyatlari va xorijiy davlatlar bilan madaniy-marifiy aloqalar kengashi negizida tashkil etildi, deb xabar beradi Gazeta.uz.

Axborot teledasturida xabar qilinishicha, davlat rahbarining Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan dostona aloqalarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va birdamlikni taminlashga, fuqarolarda yagona kop millatli oilaga mansublik his-tuygularini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va dostlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-marifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Qomita jamiyatda millatlararo totuvlik va tolerantlikni taminlash borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boyicha vazifalarni bajarish, tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka tushuntirib borish, jahon hamjamiyati, shuningdek, chet eldagi vatandoshlar diasporalari bilan dostlikni mustahkamlash singari vazifalarni bajarishi kozda tutilgan.

Bugungi kunda Ozbekistonda 130 dan ortiq millat va elat istiqomat qiladi. Mamlakatda 138 milliy madaniy markaz va 34 dostlik jamiyatlari faoliyat yuritmoqda.

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (20-05-2017, 22:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -