» » Dunyoga mashhur Vogue jurnalida o‘zbek modasi haqida maqola chiqdi

Dunyoga mashhur Vogue jurnalida o‘zbek modasi haqida maqola chiqdi


Dunyoning eng obro‘li moda jurnallaridan biri — Vogue’ning Italiyadagi tahririyati o‘zbekistonlik dizayner Lali haqida maqola chop etdi, deb yozadi “Uznews.uz”.

“Zamonaviy Sharq ayoli faol va mustaqildir, ammo shu bilan birga latofatli bo‘lib qolishga intiladi”, — deydi Lali Vogue Italy jurnaliga bergan intervyusida. “Biz shunday ajoyib davrda yashayapmizki, O‘zbekiston modasi va o‘ziga xos estetikasi dunyo moda hamjamiyati uchun kashfiyotga aylanishi mumkin”, — deya ta’kidlaydi Lali.

Vogue muharrirlari esa o‘z tillaridan shunday deb yozadi: “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. Bir necha yillar ichida O‘zbekistondagi kichik ustaxona Monte-Karlodagi Moda haftaligigacha yetib kela oldi. Bu zamonaviy va an’anaviy Osiyo modasini badiiy uyg‘unlashtirib, murakkab va noyob dizayn yarata olish qobiliyati bilan ajralib turuvchi dizayner — Lali Fozilovaning hikoyasi. Matolar — ustalar jamoasining eksklyuziv ishi, ular matolarni an’anaviy o‘zbekcha uslublar (masalan, “adras” va “a’lo baxmal”)dan foydalanib yaratadi”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 09:13)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют