» » Melaniya va Ivanka Tramp Ar-Riyodda boshiga ro‘mol o‘ramadi

Melaniya va Ivanka Tramp Ar-Riyodda boshiga ro‘mol o‘ramadi


AQSh prezidentiga uning Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida hamrohlik qilgan rafiqasi Melaniya va qizi Ivanka islom davlatida ayollar uchun belgilangan kiyinish qoidalariga rioya etishga harakat qildi, ammo ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi, deb yozadi “TASS”.

Safarga kalta to‘q sariq rangli yubka va fil suyagi rangidagi koftada otlangan Melaniya Ar-Riyodda samolyotdan an’anaviy arab ayollari libosi — abayyani eslatuvchi, qo‘l va oyoqlarni to‘liq yopib turuvchi qora libosda tushdi. Ammo uning boshiga qora ro‘mol o‘ralmagan edi.

Nashr eslatishicha, ikki yil avval Barak Obama qirollikka tashrif buyurganida Tramp o‘z Twitter’ida Mishel Obamani ro‘mol o‘ramagani uchun tanqid qilgan va buni “saudiyaliklarni haqorat qilish” deb atagan edi.

Parvoz chog‘ida kalta ko‘ylagini etagi va yengi uzun qora gulli ko‘ylakka almashtirib olgan Ivanka Tramp ham bosh kiyimdan voz kechdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют