» » Ukraina yirik rus saytlarini va xizmatlarini bloklashga qaror qildi

Ukraina yirik rus saytlarini va xizmatlarini bloklashga qaror qildi


16-mayda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Rossiyaning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirish togrisidagi farmoni elon qilindi. Sanksiya royxatida qariyb 500 ta tashkilot bolib, ular qatoridan Ukrainada ommabop bolgan VKontakte, Mail.ru, Odnoklassniki, 1Cva boshqa xizmatlar ham orin olgan. Poroshenko ozining yopiladigan VKontaktedagi sahifasida bu choralar Rossiya tashviqotlariga va kibertahdidiga qarshi qaratilganini tushuntirdi. Meduza nima uchun yangi sanksiyalar mavhum qaror ekanligini tushuntirishga harakat qildi.

Internetni bloklash avtoritar davlatlarning yoli

Bir vaqtning ozida bunchalik kop eng ommabop saytlarni bloklash Turkiyani hisobga olmaganda Yevropa davlatlari uchun bemisl hodisa hisoblanadi. Freedom House tuzadigan internet erkinligi darajasi boyicha reytingda Ukraina qisman erkin hisoblanadi. Rossiya bu royxatga erkin bolmagan davlat sifatida kirgan. Pyotr Poroshenkoning qarori davlatning bu korsatkich boyicha pozitsiyasini anchagina pasaytirishi mumkin. Shunisi aniqki, rus tashviqoti oylab topilgan narsa emas. Shunisi ham aniqki, malumot olishni cheklash muammoni hal qilishning eng yaxshi yechimi emas.

Bundan tashqari, yirik internet resurslarning Ukraina sanksiyalari royxatiga kiritilishi jiddiy omma muhokamasiga qoyilmadi.

Bloklash millionlab foydalanuvchilariga zarba boladi

Pyotr Poroshenkoning farmoni, avvalo, ukrainalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga zarba boladi. Alexa malumotlariga kora, VKontakte sayti ommabopligi boyicha Ukrainada ikkinchi orinda turadi, Yandex.ua, Odnoklassniki va Mail.ru birinchi ontalikka kiradi. Mail.runing hisob-kitobiga kora, uning xizmatlaridan bir oyda Ukrainaning qariyb 25 million aholisi foydalanadi. Bu mamlakat aholisining yarmidan kopini tashkil qiladi. Ukraina auditoriyasi VKontakteda 16 million, Yandeks xizmatlarida 11 million, Odnoklassnikida esa 9,5 million kishini tashkil qiladi. Endi bu odamlarga ozaro muloqot qilish qiyinroq boladi: ularning malumotni erkin izlash va tarqatish huquqi Poroshenkoning farmoni bilan cheklandi.

Koplab foydali xizmatlarning ishi toxtaydi

Kartografiya va ob-havo xizmatlari, taksi xizmati ham bloklanadi. Lugatlar va matnni aniqlash dasturlarini yaratuvchi ABBYY kompaniyasining faoliyati toxtatiladi. Kompaniyaning texnologiyalari yirik IT-kompaniyalar tomonidan foydalaniladi. Bu xizmatlarning faoliyati Ukraina xavfsizligiga qay tariqa xavf solgani aniq emas. Biroq shunisi aniqki, foydalanvchilarga bu xizmatlarsiz qiyin boladi.

Rasmiylar mustaqil RBK telekanalini blokladi

Bu eng songgi mustaqil rus telekanallaridan biri hisoblanadi. Boshqa mustaqil telekanal Dojd Ukrainada 2017-yilning boshida taqiqlangan.

Yuz minglab Ukraina tashkilotlariga buxgalteriya hisobini yuritish uchun boshqa usul izlashiga togri keladi

Poroshenkoning farmoni dasturlari Ukrainadagi 300 mingta tashkilotining buxgalteriyasi tomonidan foydalaniladigan 1Ckompaniyasining faoliyatini taqiqlaydi. 1Cmahsulotlarini Ukrainada tarqatish bilan shugullanuvchi Yevrosoftprom kompaniyasining malum qilishicha, sanksiyalar kompaniya bilan bogliq bazi yuridik shaxslarga qaratilgan, foydalanuvchilar bundan keyin ham mahsulotlardan foydalanishi mumkin boladi. Boshqa tomondan, alohida sherik kompaniyalar qatoridan dasturiy taminotni ishlab chiquvchi Rossiyaning 1Cfirmasi ham joy olgan. Shuning uchun qanday qilib ukrainalik foydalanuvchilar oz dasturlarini yangilashi mumkinligi tushunarsiz.

Koplab ukrainaliklar oz ishini yoqotadi

Yirik rus internet kompaniyalarining bloklanishi nafaqat bu kompaniayalarning Ukrainadagi xodimlarini, balki boshqa odamlarni ham ishdan mahrum qiladi. Masalan, taqiq oz mahsulotlarini VKontaktedagi va boshqa resurslardagi reklama yordamida tarqatayotgan fuqarolarning biznesiga zarba berishi mumkin. 1Cdasturlariga xizmat korsatishga ixtisoslashgan dasturchilarning nima qilishi nomalum.

Taqiqlar qanday ishlashi tushunarsiz

Ukraina internet uyushmasida malum qilinishicha, Poroshenkoning farmonini bajarish uchun provayderlarga kop mablag va vaqt kerak boladi. Buning ustiga, Ukraina qonunchiligida bloklash haqidagi qarorni tan olmaslik uchun sanksiyalar nazarda tutilmagan. Agar resurslarga kirishni cheklashga muvaffaq bolinganda ham bu katta ahamiyatga ega bolmaydi, chunki foydalanuvchilar blokni osonlik bilan ocha oladi. Farmon elon qilinganidan song Ukraina internetida blokni ochish boyicha qollanmalar paydo bolishni boshladi.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (21-05-2017, 09:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -