» » KXDRda Kim Chen Inga suiqasd tayyorlashda qatnashgan fuqaro videosini e’lon qilishdi (video)

KXDRda Kim Chen Inga suiqasd tayyorlashda qatnashgan fuqaro videosini e’lon qilishdi (video)


Shimoliy Koreyaning Uriminzokkiri targ‘ibot sayti, go‘yoki, AQSh va Janubiy Koreya maxsus xizmatlari ta’siri ostida mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga nisbatan suiqasd tayyorlashda qatnashgan KXDR fuqarosi aks etgan videoyozuvni e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Videoda Kim Son Ir deb atalgan kishi ko‘rsatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “u respublikaga qarshi dushmanlarcha targ‘ibot bilan laqillatilgan va dahshatli jinoyatga jalb qilingan”.

Videorolik doirasida Samsung smartfoni va plansheti ko‘rsatilgan. Sayt mualliflari ta’kidlashicha, devayslar  Janubiy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan taqdim etilgan va Kim Son Irni “g‘oyaviy ta’sirga olish uchun foydalanilgan”.

Telefondan shimoliy koreyalik va Janubiy Koreya maxsus xizmatlari vakillari o‘rtasidagi yozishmalar topilgan.

Shuningdek, rolikda Kim Son Irning Xabarovskda yashagan vaqtlaridagi suratlarini ko‘rish mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют