» » Forbes reytingidagi eng yosh va bo‘ydoq milliarderlar (foto)

Forbes reytingidagi eng yosh va bo‘ydoq milliarderlar (foto)


Forbes’ning 2017-yilgi milliarderlar global reytingiga 2064 kishi kirdi, shularning 2,9 foizi (42 erkak va 18 ayol) oila qurmagan, deb yozadi nashr.

Yoshi: 21

Boyligi: 1,2 milliard dollar

Otasi, investor Yoxan Andresen unga va singlisiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan. Kompaniyaning o‘zini hamon otasi boshqaradi, Aleksandra kompaniyada ishlamaydi.

Yoshi: 23

Boyligi: 1,6 milliard dollar

Otasi Gustav Vitze Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyalarini sovg‘a qilgan.

Yoshi: 26

Boyligi: 1,1 milliard dollar

Stripe to‘lov tizimiga asos solgan. U o‘z davlatini meros qilib olmasdan, o‘zi ishlab topgan dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi.

Yoshi: 28

Boyligi: 4 milliard dollar

Qisqa vaqtdan so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadigan foto va videoxabarlar bilan ayirboshlash uchun mo‘ljallangan Snapchat messenjeri asoschilaridan biri.

Yoshi: 31

Boyligi: 2,4 milliard dollar

Nyu-yorklik dijey va dunyodagi eng yirik pivo ishlab chiqaruvchilaridan biri — SABMiller kompaniyasi merosxo‘ri.

Yoshi: 32

Boyligi: 2,1 milliard dollar

Arzon kiyim-kechaklar do‘konlari tarmog‘i — H&M’ni yaratgan oilaning uchinchi avlodi vakili.

Yoshi: 34

Boyligi: 1 milliard dollar

Fayllar ayirboshlash servisi — Dropbox bosh direktori. U servisga 2007-yilda o‘z kursdoshi bilan birgalikda asos solgan.

Yoshi: 39

Boyligi 3 milliard dollar

Pera o‘z karyerasini 2003-yilda Apple’da boshlagan, ammo ikki yil o‘tib, u yerdan ketgan. U 2011-yilda milliarderga aylangan. Ayni paytda unga Ubiquiti Networks simsiz uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya tegishli.

Yoshi: 40

Boyligi: 6,3 milliard dollar

Uber taksi xizmati bosh direktori va ta’sischilaridan biri.

Yoshi: 40

Boyligi: 1,3 milliard dollar

Tatuirovkachi tadbirkor Twitter va Square kabi ikkita yirik texnologiya kompaniyalarini boshqaradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют