» » Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasiga erishdi

Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasiga erishdi


Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining ikkinchi jangini bugun — 21-may tongida o‘tkazdi.

“Olamsport” xabariga ko‘ra, G‘oibnazarov amerikalik Agustin Maurasga qarshi sakkiz raund jang olib bordi va yakunda g‘olib chiqdi. Jang yakunida hakamlar o‘zbekistonlik bokschi 80:72 hisobida ustun kelganini qayd etgan.

Amerikalik promouter Bob Arum bilan hamkorlik qilayotgan Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining birinchi jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, G‘oibnazarovning ikkinchi jangdagi raqibi Agustin Mauras 1990-yilda tug‘ilgan bo‘lib, professional ringda bunga qadar 11 ta jang o‘tkazgan va shularning 6 tasida raqiblarini mag‘lub etgandi. Ikki jang uning mag‘lubiyati bilan yakun topgan, yana 3 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmagan. Endilikda unda mag‘lubiyatlar soni ham 3 taga yetdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 10:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют