» » Xitoy bir necha yil davomida kamida o‘n nafar MRB axborot yetkazuvchisini yo‘q qildi

Xitoy bir necha yil davomida kamida o‘n nafar MRB axborot yetkazuvchisini yo‘q qildi


Xitoy hukumati 2010-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Markaziy razvedka boshqarmasining kamida o‘n nafar axborot yetkazuvchisini yo‘q qilib, AQShning ushbu mamlakatdagi razvedka operatsiyalarini barbod qildi. Bu haqda New York Times gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Nashrning ma’lum qilishicha, shu ikki yil davomida MRBning 18 nafardan 20 nafargacha axborot yetkazuvchisi o‘ldirilgan yoki Xitoy qamoqxonalariga qamalgan. Ulardan biri hukumat binolaridan biri hovlisida o‘z hamkasblari ko‘z o‘ngida o‘ldrilgan.

AQSh sobiq mansabdorlarining ma’lum qilishicha, mamlakat Pekin “byurokratiyasining eng ichkarisidan” ma’lumot yetkazuvchilarni yollagan. Ulardan ba’zilari Xitoy hukumatidan hafsalasi pir bo‘lgan XXR fuqarolari bo‘lgan.

2011-yil boshiga kelib, Pekindan kelayotgan razvedka ma’lumotlari kamaya boshladi. MRB va FQB mazkur masala yuzasidan qo‘shma surishtiruv boshladi. Operatsiya Honey Badger maxfiy nomini oldi. New York Times manbalaridan birining ma’lum qilishicha, u Shimoliy Virginiyadagi maxfiy ofisdan yuritilgan. Ba’zi tergovchilar Xitoy hukumati MRB boshqarmasi o‘z manbalari bilan muloqot qilgan shifrni fosh qilganligini taxmin qilgan. Boshqalari esa razvedka boshqarmasida sotqin borligini gumon qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют