» » “Borussiya” “Bavariya” bilan raqobat qila olmasa-da, Obameyang gol urishda Levandovskini ortda qoldirdi

“Borussiya” “Bavariya” bilan raqobat qila olmasa-da, Obameyang gol urishda Levandovskini ortda qoldirdi


Germaniya Bundesligasining so‘nggi tur bellashuvlari kecha — 20-may kuni bo‘lib o‘tdi.

Mavsum yakunlanmay turib, “Bavariya” futbolchilari chempionlikni naqd qilib qo‘ygandi. Kecha myunxenlik futbolchilar o‘z maydonida chempionlikni nishonladi, shuningdek, Filipp Lam va Xabi Alonso kabi sportchilarni futbolchilikdan kuzatib qo‘ydi.

Irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Dortmundning “Borussiya” klubi mavsumni bronza medallari bilan yakunladi.

Kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida “Bavariya”, “Leypsig”, “Borussiya Dortmund” va “Xoffenxaym” klublari to‘p suradi.

Ikki yil oldin Bundesligaga chiqishga muvaffaq bo‘lgan ikki klub — “Darmshtadt” va “Ingolshtadt” elita bilan xayrlashdi. “Volfsburg” esa Bundesligada jon saqlab qolish uchun o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Bu borada “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski hamda “Borussiya Dortmund” a’zosi Pyer-Emerik Obameyang so‘nggi turga qadar raqobatda bo‘ldi. 34-turda polshalik hujumchi gol ura olmadi, Gabon termasi a’zosi esa dubl qayd etdi. Natijada Obameyang 32 ta o‘yinda urgan 31 ta goli bilan Bundesliga to‘purari bo‘ldi. Levandovski esa shuncha o‘yinda 30 ta gol urib, ikkinchi bo‘ldi.

“Borussiya” klubi safida bir futbolchining 31 ta gol urishi so‘nggi bor yarim asr avval, aniqrog‘i, 51 yil muqaddam kuzatilgan bo‘lib, bu baxt Lotar Emmerixga nasib qilgandi.

Germaniya Bundesligasi
34-tur bellashuvlari
20-may, shanba

Gollar: Aryen Robben, 4 (1:0). Arturo Vidal, 73 (2:0). Nils Petersen, 76 (2:1). Frank Riberi, 91 (3:1). Joshua Kimmix, 94 (4:1).

Gollar: Zlatko Yunuzovich, 7 (0:1). Marko Roys, 32 (1:1). Pyer-Emerik Obameyang, 42 (2:1). Fin Bartels, 46 (2:2). Maks Kruze, 68 (2:3). Marko Roys, 75-pen (3:3). Pyer-Emerik Obameyang, 89-pen (4:3).

Gollar: Marsel Zabitser, 25 (0:1). Yussuf Poulsen, 56 (0:2). Xesus Valyexo, 83 (1:2). Danni Blum, 90 (2:2).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют