» » Italiya poyabzal firmasi irqiy sabab tufayli Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi

Italiya poyabzal firmasi irqiy sabab tufayli Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi


Italiyaning Gianvito Rossi poyabzal firmasi amerikalik tennischi Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi. Bu haqda New York Daily News xabar bermoqda.

Gianvito Rossi menejerlari ularning firmasi poyabzallarini afroamerikaliklar kiyishini istamaganligi uchun Serena Uilyamsga chegirma qilishni rad etganligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, ular tennischini “qo‘rqinchli” deb atagan.

Mazkur voqeaga Vogue jurnali vakillari aralashgandan keyin do‘kon Uilyamsga chegirma taqdim etganligi xabar qilinmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, kompaniyaning sobiq menejeri 46 yoshli Uitni Uinbern Gianvito Rossi’ga nisbatan Nyu-York shtati Oliy sudiga irqiy kamsitish to‘g‘risida da’vo kiritgan. Ayolning so‘zlariga qaraganda, uni ishdan bo‘shatgan kompaniya rahbari Greys Mazzilli afroamerikaliklarni yoqtirmasligini bir necha marta namoyish qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют