» » OAV: Lyudmila Putina vasiylik qiladigan fond Moskvadagi binosini ijaraga berishdan millionlab dollar daromad olmoqda

OAV: Lyudmila Putina vasiylik qiladigan fond Moskvadagi binosini ijaraga berishdan millionlab dollar daromad olmoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Moskvada “Volkonskiy uyi” sifatida mashhur tarixiy koshonaga egalik qiluvchi fondning tuzilishiga yordam berdi va unga vasiylik qilmoqda. Binoni ijaraga berish millionlab dollar daromad keltiradi. Bu haqda, Reuters manbalariga tayanib, Insider xabar bermoqda.

Umumiy maydoni 5774 kvadrat metr bo‘lgan ikki korpusdan iborat binoga “Shaxslararo kommunikatsiyalarni rivojlantirish markazi” egalik qiladi. Mazkur fond ilgari “Rus tilini rivojlantirish markazi” deb nomlangan va Lyudmila Putina tashabbusi hamda qo‘llab-quvvatlashi tufayli tuzilgan.

Binoning katta qismini “Meridian” kompaniyasi fonddan ijaraga olgan va u ham o‘z navbatida xonalarni davlat hamda xususiy kompaniyalarga ijaraga beradi. Ular orasida ikki davlat banki va Mudofaa vazirligi pudratchisi bor.

Knight Frank agentligiga ko‘ra, bino xonalarini ijaraga berish qiymati yiliga 3,3 million dollarni tashkil etishi mumkin.

Moskvaning Vozdvijenka ko‘chasidagi koshonadan tashqari ShKRM Lyudmila Putina tug‘ilib-o‘sgan Kaliningraddagi “Yunost” istirohat bog‘ida imoratga ham egalik qiladi va u yerda fond filiali joylashgan.

Rossiya matbuoti Lyudmila Putina 2013-yilda Vladimir Putin bilan ajrashgandan so‘ng biznesmen Artur Ocheretniyga turmushga chiqqan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar uning Fransiyada 6—7 million yevro turadigan villasi borligini aniqlagandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют