» » Boku—2017. O‘zbekiston delegatsiyasi oltinlari sonini 15 taga yetkazib oldi

Boku—2017. O‘zbekiston delegatsiyasi oltinlari sonini 15 taga yetkazib oldi


Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston delegatsiyasi 15-oltin medalini qo‘lga kiritdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, para-atletikaning uzunlikka sakrash musobaqasida Doniyor Soliyev barcha raqiblaridan yaxshiroq natija qayd etib, shohsupa cho‘qqisidan joy oldi.

20-may kuni, shuningdek, Ivan Zaytsev nayza uloqtirishda ikkinchi natija qayd etib, kumush bilan taqdirlandi. Elbek Sultonov esa para-atletikaning yadro uloqtirish musobaqasini bronza bilan yakunladi.

Doniyor Soliyev — para-atletika (uzunlikka sakrash)

Ivan Zaytsev — nayza uloqtirish

Elbek Sultonov — para-atletika (yadro uloqtirish)

O‘zbekiston delegatsiyasi hozirga qadar 60 ta medalni qo‘lga kiritdi va bu borada 54 mamlakat orasida to‘rtinchi natijani qayd etib turibdi. Ozarbayjon va Turkiya delegatsiyasidagi medallar soni 100 tadan oshib ketgan. Kuchli uchlikni eronlik sportchilar yakunlab turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют