» » Buyuk Britaniya bosh vaziri Yevroittifoq mamlakatga milliardlab funt to‘lashi kerakligiga ishora qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Yevroittifoq mamlakatga milliardlab funt to‘lashi kerakligiga ishora qildi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Bryussel mamlakatning Yevropa investitsiya bankidagi aksiyalari uchun milliardlab funt to‘lashi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda Telegraph ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Meyga ko‘ra, Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha muzokaralarda majburiyatlar qatori hisobga olinishi zarur bo‘lgan moliyaviy huquqlarga ham ega.

“O‘tmishda to‘langan pullardan kelib chiqib, qirollikning qanday majburiyatlari yoki huquqlari borligi haqida gap-so‘zlar ko‘p. Biz huquqlarimizni ham, majburiyatlarimizni ham inobatga olishimizni aniq-tiniq ko‘rsatmoqdamiz. Investitsiya banki, investitsiya fondi, boshqa sohalar bor. Bu muzokaralarning muhim qismiga aylanadi”, — ta’kidladi Mey.

Nashrning bildirishicha, bosh vazir ilk bor Yevropa investitsiya bankidagi ulushni saqlab qolish niyatini aytib o‘tdi. Mamlakatning mazkur bankdagi ulushi taxminan 10 milliard yevroga baholanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют