» » Kun fotosi: Yupiterning “Yunona”dan ko‘rinishi

Kun fotosi: Yupiterning “Yunona”dan ko‘rinishi


AQShning NASA agentligi 19-may kuni “Yunona” sayyoralararo stansiyasi Yupiterga yana bir marotaba muvaffaqiyatli yaqinlashganini ma’lum qildi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.

Juno apparati gaz giganti tomoniga 2011-yil avgustida yo‘l olgan, 2016-yil 4-iyulida esa sayyora orbitasiga kirgan edi. Ilmiy dastur dastavval Yupiter atrofida 30 aylanishni ko‘zda tutgan, har biriga 14 Yer kuni ketishi mo‘ljallangan edi. Ammo klapan tizimidagi muammolar tufayli “Yunona”ni 53-kunlik orbitada qoldirishga qaror qilindi.

Uchib o‘tish paytida stansiya gaz giganti bulutlarining yuqori qatlamidan 3500 kilometr uzoqlikda turdi. Barcha ilmiy uskunalar hamda JunoCam kamerasi faollashtirilgan bo‘lib, ular to‘plagan ma’lumotlar endilikda Yerga jo‘natilmoqda.

NASA Yupiterning serdovul olami aks etgan suratlarni e’lon qilishda davom etmoqda. Quyidagi suratda soatga teskari aylanayotgan ulkan dovul zonasi qayd etilgan.

Keyingi safar “Yunona” Yupiterga 11-iyul kuni yaqinlashadi. Bu safar stansiya Katta qizil dog‘ mintaqasini o‘rganadi. Bu Yupiterdagi eng diqqatga sazovor relyeflardan bo‘lib, Jovanni Kassini tomonidan uch yarim asr muqaddam ochilgandir. 40 ming kilometr uzunlikka ega mazkur dog‘ dovul-aksilsiklon ekanligi taxmin qilinadi. Uning ichida shamol tezligi 500 kilometr/soatdan oshadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют