» » Turkiya politsiyasi IShIDga mansubligi taxmin etilgan ikki jangarini yo‘q qildi

Turkiya politsiyasi IShIDga mansubligi taxmin etilgan ikki jangarini yo‘q qildi


Turkiya politsiyasi Anqaradagi reyd davomida IShID jangarisi ekanligi taxmin etilayotgan ikki shaxsni yo‘q qildi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari terrorchilarga oldinroq Istanbulda qo‘lga olingan jangari orqali chiqdi. U teraktga tayyorgarlik ko‘rganini tan oldi va ikki sherigi istiqomat qilayotgan Anqaradagi manzilni ma’lum qildi.

Ushbu joyga kelgan politsiya xodimlariga qarata gumonlanuvchilar o‘t ochdi. Otishma davomida ular yo‘q qilindi.

Kvartirada o‘tkazilgan tintuv chog‘ida politsiyachilar qurol, qo‘l granatalari, qo‘lbola portlovchi qurilmalarni aniqladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют