» » Lola Karimova-Tillayeva nufuzli Soma jurnaliga intervyu berdi

Lola Karimova-Tillayeva nufuzli Soma jurnaliga intervyu berdi


Jamoat arbobi Lola Karimova-Tillayeva AQShning nufuli Soma jurnaliga intervyu berdi. “Insoniyatdan uyg‘unlik topish” nomli material jurnalning saytida chop etildi.

“Lolada o‘ziga ishonch, shu bilan birga, nafosat, mehribonlik va maftunkorlik bor. Lolaning faoliyatiga nazar tashlansa, bu kuchli, ammo saxiy ruh ildizlarini topish oson. Lola YuNЕSKO elchisi bo‘lib, unda o‘z mamlakati — O‘zbekistonning vakili hisoblanadi. YuNЕSKO bu filantropiya vositasida madaniy tafovutlarni yengib o‘tishga qaratilgan tashkilotdir, va Lolaning bu boradagi faoliyati uning mamlakati uchun mislsiz muvaffaqiyatlar keltirdi. U ikkita yirik xayriya jamg‘armasiga (“Sen yetim emassan” va “Bolalar adaptatsiyasi markazi”) asos solgan bo‘lib, ular yetim va nogiron bolalarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgandir. Shuningdek, ko‘plab yosh va iste’dodli sportchilar uchun boshlang‘ich maydon vazifasini bajaruvchi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasida prezident sifatida asosiy rol o‘ynaydi. Lolaning yosh insonlarni tarbiyalashga bo‘lgan ishtiyoqi uning shaxsiy hayotiga ham ko‘chadi. U rafiqa hamda uch farzandning onasi bo‘lib, o‘zini onalik tabiati chegara bilmaydigan Uyg‘onish davri ayoli sifatida ko‘rsatib kelmoqda”, — deyiladi materialda.

“O‘z mamlakatimni BMTning madaniy organi bo‘lmish, insoniyat madaniy merosini himoya qilish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan va boshqa mamlakatlarga samarador, adolatli va inklyuziv ta’lim tizimlari yaratishda yordam berayotgan YuNЕSKOda taqdim etishimdan juda faxrlanaman. Ammo elchi sifatida faoliyat yuritish hayotimdagi asosiy maqsad emas. Mening asosiy qiziqishim xayriya faoliyati bo‘lib qolaveradi”, — ta’kidladi Lola Karimova-Tillayeva suhbat chog‘ida.

Soma — madaniyat, san’at, dizayn va moda mavzulariga ixtisoslashgan nufuzli jurnal hisoblanadi.

Intervyuning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 17:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют