» » Shavkat Mirziyoyev arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi


Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahrida arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari va AQSh Prezidenti, BMT, Arab davlatlari ligasi, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi bosh kotiblari ishtirok etdi.

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud forum ishtirokchilarini qutlar ekan, ularning ishtiroki sammit nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surishi, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston ayni paytda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qilmoqda. 2016-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, ma’rifat va ta’lim bashariyat taraqqiyoti va farovonligining asosiy omili bo‘lib, insonlarni ezgulikka chorlashi, mehr-muruvvatli va sabr-qanoatli bo‘lish kabi yuksak fazilatlarni tarbiyalashini qayd etdi.

Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti islom dini nufuzini yanada oshirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda muhim omil bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 22:00)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют