» » Burger King Daxauda varaqalar tarqatishni davom ettirsa, 250 ming yevrogacha jarimaga tortilishi haqida ogohlantirildi

Burger King Daxauda varaqalar tarqatishni davom ettirsa, 250 ming yevrogacha jarimaga tortilishi haqida ogohlantirildi


Burger King sobiq Daxau konslageri hududidagi memorial kompleks avtoturargohida reklama varaqalari tarqatishni davom ettirsa, 250 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Myunxen sudi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

OAVga ko‘ra, kompleks yaqinida joylashgan Burger King restorani vakillari bir necha yil davomida mijozlarni jalb etish maqsadida muntazam ravishda avtoturargohda reklama varaqalari tarqatib kelgan.

Memorial vakillarining ko‘plab iltimoslariga qaramay, bunday aksiyalar to‘xtatilmagan. Bavariya memorial komplekslar fondi buni haqorat sifatida qabul qildi va ishni sudga oshirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют