» » Suriyada “Ahror ash-Shom” shtabi yaqinida ikkita portlash ro‘y berdi. 40 jangari halok bo‘ldi

Suriyada “Ahror ash-Shom” shtabi yaqinida ikkita portlash ro‘y berdi. 40 jangari halok bo‘ldi


Suriyaning Idlib viloyatida “Ahror ash-Shom” ekstremistik guruhi shtab-kvartirasi yaqinida ikkita portlash amalga oshirildi. Terakt oqibatida 40 nafar jangari halok bo‘ldi, 150 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.

Aytilishicha, voqea viloyat sharqidagi Tall-Tovkan aholi yashash punktida yuz bergan. Xudkush terrorchi binoga kirib, “Ahror ash-Shom” yig‘ilishi chog‘ida egnidagi bombani portlatgan. Yana bitta bomba shtab-kvartira oldida portlatilgan.

Bino ichida bo‘lgan barcha jangarilar halok bo‘lgan. Ular orasida “Ahror ash-Shom”ning Abu Ammor laqabli harbiy rahbari Ali ham bor edi.

Ayni paytda biror terrorchi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют