» » Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya Mudofaa vazirlari uchrashdi

Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya Mudofaa vazirlari uchrashdi


2017-yilning 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Turkiya Respublikasi Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Qobul Berdiyev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab Turkiya bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda hamda davlatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni yuksak qadrlaydi, deyiladi xabarda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Turkiya Prezidenti R.Erdoganning 2016-yil noyabridagi O‘zbekistonga (Samarqand shahri) qilgan tashrifi har ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi va O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi.

So‘nggi yillarda harbiy va harbiy-texnik sohalardagi davlatlararo munosabatlarda ijobiy tendensiyalar ko‘zga tashlanmoqda. Turkiya Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy o‘quv muassasalari va markazlarida o‘tkaziladigan 12 ta tayyorgarlik kurslarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini 2018-yilda o‘qitishni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Har ikki mamlakatning o‘zaro hamkorlik masalalari butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

2017-yil iyunida Nurol kompaniyasining “EJDER 4×4” tipidagi yengil zirhli avtomobillarining O‘zbekiston sharoitidagi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun mazkur o‘nlab harbiy texnikalarni xarid qilish, shuningdek ularni Turkiya tomoni investitsiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston hududida hamkorlikda ishlab chiqarish yoki qo‘shma korxona tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibining o‘zaro tajriba va bilim almashishlarini amalga oshirish maqsadida tomonlar harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bayonoti loyihasini ishlab chiqmoqda. Harbiy-texnik sohadagi ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarga to‘xtalganda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘ va harbiy-texnik mulk xarid qilish maqsadida grant vositalarini taqdim etish amaliyotining qayta tiklanayotganini ta’kidlash joiz.

Uchrashuv davomida tomonlar har ikki davlatning mudofaa idoralari o‘rtasida do‘stona, uzoq muddatli va ochiq munosabatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, ikki mamlakat xalqlarining manfaatlarini ko‘zlovchi o‘zaro hamkorlik va ishonchni yanada mustahkamlash yo‘lidagi faol amaliy dialog bundan buyon ham rivojlanishiga ishonch bildirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют