» » Oq uydagi brifingda 9 yoshli qizchaning Trampga atalgan xatini o‘qib berishdi

Oq uydagi brifingda 9 yoshli qizchaning Trampga atalgan xatini o‘qib berishdi


Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders brifingda to‘qqiz yoshli qizcha AQSh prezidenti Donald Trampga yozgan xatni o‘qib berdi, deb yozadi TJournal. Uning aytishicha, endi bu brifinglarda an’anaga aylanadi.

“Bu jarayonni boshlab berish uchun, men sizga to‘qqiz yoshli Dilanning xatini o‘qib bermoqchiman”, — dedi Sanders.

“Mening ismim Dilan Xarben, ammo meni hamma “Pikl” (shumtaka) deb ataydi. Men to‘qqiz yoshdaman, va siz mening sevimli prezidentimsiz”, — deya u birinchi satrlarni o‘qib berdi. Dilanga Tramp shunchalik qattiq yoqadiki, uning tug‘ilgan kunida tortga prezidentning tasviri tushirilgan edi.

Dilan, shuningdek, prezidentga bir nechta savol berishni so‘ragan. U Tramp necha yoshda ekanligi (u 71 yoshda) va qancha puli borligi bilan qiziqqan. “Dilan, men aniq bilmayman, ammo ko‘p”, — deb javob berdi AQSh ma’muriyati vakili.

Qizcha Oq uy qay darajada katta ekanligi haqida ham savol bergan. Sanders Oq uyda 132 ta xona borligini aytdi.

Dilan nima sababdan odamlar Trampni yoqtirmasligi yuzasidan norozilik bildirdi. “Siz juda iltifotli odamga o‘xshaysiz, balki biz do‘st tutinarmiz?” — deb so‘radi u Trampdan. Sanders “prezident u bilan do‘stlashishdan boshi ko‘kka yetishi”ni aytdi.

Qizchani Oq uy bo‘ylab ekskursiyaga ham taklif etishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют