» » Shavkat Mirziyoyev “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasining nomi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish “Iste’dod” jamg‘armasi” deb o‘zgartirildi.

Jamg‘arma faoliyatining asosiy vazifalari va maqsadli yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida ishtirok etish, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi kasbga, ta’limga va amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlarni o‘zlashtirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, ta’lim muassasalarining yuksak intellektual-ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish;

iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining hozir va kelajakda yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda ta’minlash uchun tanlov asosida saralab olingan oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining malakali kadrlarini dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha tayyorlashni tashkil etish;

chet ellardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va izchillik bilan rivojlantirish orqali oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga ular tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni Jamg‘arma bazasida dastlabki tayyorlashni tashkil qilishda ko‘maklashish;

iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, pedagoglari, ilmiy kadrlari va iqtidorli yoshlarning ilmiy-pedagogik va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni egallashlari uchun ularning nufuzli xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda ishtirokini tashkil etish;

chet elda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan mutaxassislar, ilmiy pedagog kadrlar, shuningdek, magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olganlar (keyingi o‘rinlarda – stipendiatlar) hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida anjumanlar, seminarlar, mahorat darslari, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ilg‘or xorijiy tajriba hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va ommalashtirishni ta’minlash;

kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, shuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida, shu jumladan, sifatli kadrlar va resurslar zaxirasini yaratish va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ta’lim jarayonlarini har tomonlama rag‘batlantirish orqali zamonaviy materiallar va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borishlarini ta’minlash maqsadida stipendiatlarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalaridagi respublikaning istiqbolli mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlarining xorijda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va ta’lim olish natijasida egallagan zamonaviy ilg‘or bilim va ko‘nikmalarini ularning kelgusidagi mehnat, pedagogik va ilmiy faoliyatining tizimli monitoringini olib borish orqali amaliyotga joriy etilishini ta’minlash;

stipendiatlarni respublika oliy ta’lim muassasalari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv jarayonlariga izchil jalb etish.

Quyidagilar jamg‘arma faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

stipendiatlarning xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishlari, stajirovka o‘tashlari va ta’lim olishlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar – Jamg‘armaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlashga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi resurslarining 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdoridagi mablag‘lari hisobidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlari, xalqaro moliya instituti va xorijiy tashkilotlarining grantlari;

xodimlar ish haqi uchun to‘lovlarni o‘z ichiga olgan Jamg‘armaning joriy faoliyati va unga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar – Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan miqdorda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda respublika oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) mablag‘laridan ajratmalar, shuningdek, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan kelgan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordamlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют