» » Pedagogika OTMlarida abituriyentlar bilan ijodiy suhbatlar joriy qilinadi

Pedagogika OTMlarida abituriyentlar bilan ijodiy suhbatlar joriy qilinadi


O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilishda abituriyentlarni kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasbiy layoqatini aniqlash bo‘yicha ijodiy suhbat o‘tkaziladi. Bunday tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi, deb yozadi “Gazeta.uz” Shavkat Mirziyoyevning “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga tayanib.

Hududlarning pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari ulushini oshirish orqali maqsadli qabulni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obro‘sini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va o‘rnak darajasiga ko‘tarish, shuningdek, turli tanlovlar va konkurslarda sovrindor bo‘lgan, o‘quvchi-talabalari respublika va xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan pedagoglarga uy-joy, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil, maishiy-xo‘jalik jihozlari sotib olishlari uchun imtiyozli ipoteka va iste’mol kreditlarini ajratish tartibini joriy etish yuzasidan takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют