» » Apple ikkita iPod pleyerini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Apple ikkita iPod pleyerini ishlab chiqarishni to‘xtatadi


Amerikaning Apple kompaniyasi iPod shuffle va iPod nano raqamli audiopleyerlarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb yozadi “TASS” kompaniyaning qator OAVlarda e’lon qilingan bayonotiga tayanib.

“Bugun biz iPod lineykamizni soddalashtiramiz, ikkita iPod touch modeli endi xotirasi ikki karra kengaytirilgan holda taqdim etiladi, minimal qiymati 199 dollarni tashkil qiladi, va biz iPod shuffle va iPod nano’ni ishlab chiqarishdan olib tashlaymiz”, — deyiladi xabarda.

iPod touch qurilmalari endi 32 va 128 Gb xotira bilan taklif etiladi, narxlari tegishli ravishda 199 va 299 dollar bo‘ladi. 16 va 64 Gb xotirali modellar endi sotilmaydi.

iPod shuffle va iPod nano allaqachon Apple tarmoq do‘konidan olib tashlandi, ammo AQShdagi qator savdo markazlarida bir qancha vaqt davomida modelning so‘nggi nusxalarini sotib olish mumkin.

iPod shuffle bozorga 2005-yilda, iPod nano esa o‘sha yili sal kechroq chiqqan edi. So‘nggi marta Apple bu pleyerlarni 2015-yilda yangilab, yangi rangda chiqargan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют