» » Janubiy Koreya harbiylari KXDR raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani alomatlarini kuzatmagani bildirildi

Janubiy Koreya harbiylari KXDR raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani alomatlarini kuzatmagani bildirildi


Janubiy Koreya qurolli kuchlari KXDR tomonidan yaqin orada raketa uchirishga tayyorgarlik alomatlarini kuzatayotgani yo‘q. Bu haqda Seulda bo‘lib o‘tgan brifingda Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi rasmiy vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Hozirda Shimoliy Koreya raketasi yaqin orada uchirilishining hech qanday alomatlari yo‘q. Shu bilan birga, KXDRning ehtimoliy fitna qo‘zg‘ovchi harakatlarini kuzatishda davom etmoqdamiz”, — dedi qo‘mita vakili. 

Yonhap agentligiga ko‘ra, raketa uchirilishi sanasi odatda ob-havo sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi, ayni vaqtda esa Kuson shahri hududida yomg‘ir kuzatilmoqda. 

CNN telekompaniyasi 24-iyul, dushanba kuni Pentagon manbalariga tayanib, Shimoliy Koreya hafta mobaynida navbatdagi raketa uchirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi. Kuzatuvchilar mazkur parvoz 1953-yil 27-iyulda imzolangan Sulh to‘g‘risidagi kelishuv sanasiga bag‘ishlab amalga oshirilishidan xavfsiragandi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют