» » OAV: Trampning yordamchilari uni adliya vaziri Jeff Seshnsni lavozimidan chetlashtirmaslikka ko‘ndirishga urinmoqda

OAV: Trampning yordamchilari uni adliya vaziri Jeff Seshnsni lavozimidan chetlashtirmaslikka ko‘ndirishga urinmoqda


AQSh prezidenti Donald Trampning yaqin yordamchilari oxirgi hafta davomida uni adliya vaziri va bosh prokuror Jeff Seshnsni lavozimidan chetlashtirmaslikka ko‘ndirishga urinib kelmoqda. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Yordamchilar prezident Seshns sha’niga oshkora tanqidni to‘xtatishi lozimligi, uning iste’fosiga ko‘plab respublikachi senatorlar qarshi chiqishini ta’kidlamoqda.

Ular Tramp hech yo‘q ma’lum muddat vazirni bo‘shatmasligiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, u hamon Seshnsga nisbatan salbiy munosabatda ekanligini yashirishmadi.

19-iyul kuni Oq uy xo‘jayini Seshnsni adliya vaziri lavozimiga tayinlaganidan afsus bildirdi. Bunga uning Rossiya tomonidan saylovlarga aralashuv bo‘yicha tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют