» » Sirdaryoga baliq ovlagani kelgan fuqaro yonidan marixuana topildi

Sirdaryoga baliq ovlagani kelgan fuqaro yonidan marixuana topildi


Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi bo‘yida baliq ovlash maqsadida kelgan fuqaro tekshirib ko‘rilganida, uning yonidan marixuana giyohvandlik moddasi topilgan, deb xabar berdi viloyat IIB matbut xizmati.

Sirdaryo daryosi bo‘yiga baliq tutish masqasida kelgan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Anvar Tuxvatullinning yig‘ma chaylasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashil rangli temir sigaret qutisida o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Ekspertning xulosasiga ko‘ra, olingan o‘simlik modda marixuanna bo‘lib, uning sof og‘irligi 6,50 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishini tergov qilish jarayonida, Anvar Tuxvatullin o‘zining ko‘rsatmasida uyida qo‘shimcha xo‘jaligi tomorqasida 33 tup “nasha” giyohvandlik moddasini ekkanligini ma’lum qilgan.

2017-yil 16-iyul kuni uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, hovlisida joylashgan temirdan yasalgan ustaxona ichidan 3 dona politilen paketlar ichidan och yashil rangli, o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi, nasha giyohvandlik moddasini quritilgan holdagi o‘simligi borligi va 1 dona politilen paket ichida quritilgan holdagi nasha giyohvandlik moddasining urug‘lari borligi, tomorqasidan 33 tup nasha giyohvandlik o‘simligi o‘stirayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Anvar Tuxvatullinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют