» » Venesuela prokuraturasi mamlakatdagi ish tashlash davomida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Venesuela prokuraturasi mamlakatdagi ish tashlash davomida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi


Venesuelada muxolifat tomonidan Konstitutsiyaviy assambleyaga saylovlar bekor qilinishi talab etib uyushtirilgan ikki kunlik ish tashlash bilan bog‘liq namoyishlar chog‘ida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Karabobo shtatida istiqomat qiluvchi erkak to‘qnashuvlarning oxirgi qurboni bo‘ldi. Oldinroq poytaxt Karakas va Exido shahrida, shuningdek, Timotes aholi punktida 3 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagandi. Prokuratura ularning o‘limi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.

El Nacional nashri yana bir o‘smir ham halok bo‘lganini ta’kidlamoqda. Uning norozilik aksiyalarida ishtirok etmagani, balki namoyishchilar yonidan o‘tib ketayotganda o‘qotar quroldan yaralangani bildirilmoqda.

Prokuratura hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют