» » Barselonada poyezd avariyasi oqibatida 48 kishi jabrlandi

Barselonada poyezd avariyasi oqibatida 48 kishi jabrlandi


Barselonadagi Fransuz vokzalida poyezd avariyasi oqibatida 48 kishi jabrlandi. Qurbonlar haqida hozircha xabar berilmadi, deya ma’lum qildi “RBK”.

OAVga ko‘ra, Tarragondan poyezd kelishi vaqtida mashinistlar uni to‘xtata olmadi va tarkib temir yo‘lning boshi berk qismidagi cheklagichga borib urildi. Natijada cheklagich birinchi vagon ichiga 2 metr kirib ketdi. Zarbadan poyezdning 6 vagoni shikastlandi.

Fransuz vokzali ochiq, biroq qisman ishlamoqda. Poyezd halokati ro‘y bergan platformaga kirish cheklangan.

48 nafar jabrdiydadan (ular orasida poyezd mashinisti ham bor) 5 nafari og‘ir holatda, 18 kishi kasalxonaga yotqizildi. 30 nafar yo‘lovchiga voqea joyida yordam ko‘rsatildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют