» » Quddusdagi tartibsizliklar: 120 dan ortiq odam jabrlandi (foto)

Quddusdagi tartibsizliklar: 120 dan ortiq odam jabrlandi (foto)


Quddus shahrida Isroil tomonidan Ibodatxona tog‘iga kirishda joriy qilingan skaner tekshiruvi sabab kelib chiqqan norozilik oqibatida 120 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Quddusdagi Qizil yarim oy jamiyatining xodimlari 124 kishiga yordam ko‘rsatdi. Ularning aksariyati rezina o‘qlar va gazlardan jabrlangan”, — deya ta’kidladi tashkilot vakili Irab al-Fukah.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, noxush hodisa Ibodatxona tog‘ida mo‘minlar olomoniga qarata tosh otilganidan va odamlarning ba’zilari Yig‘i devori maydoniga (yahudiylarning diniy ziyoratgohi) yiqilganidan so‘ng boshlangan.

“U yerga joylashtirilgan politsiya kuchlari namoyishchilarni majmuadan chiqarib, maxsus vositalarni qo‘llash yordamida chiqarib yubordi”, — deb xabar berdi Isroil huquq-tartibot organlari.

Ularning ma’lumotlaria ko‘ra, Yig‘i devori yonida hech kim jabrlanmagan, to‘qnashuv vaqtida bir nafar politsiyachining boshiga tosh kelib tekkan. Shuningdek, politsiyaning ta’kidlashicha, tartibsizliklarga qaramay minglab musulmonlar Ibodatxona tog‘idagi kechki namozga yig‘ilgan.

Ibodatxona tog‘ida xavfsizlik choralari joriy etilganidan beri besh nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Mavzuga doir: Iordan daryosining g‘arbiy sohilida uch nafar isroillik pichoqlab ketildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют