» » Akmalxon Ortiqov O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Akmalxon Ortiqov O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


Akmalxon Ortiqov O‘zbekiston iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga hukumatdagi manba ma’lum qildi.

Akmalxon Ortiqov 1980-yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

2001—2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tizimida, 2013—2015-yillarda Namangan viloyat hokimligi moliya boshqarmasi, 2015—2017-yillarda Farg‘ona viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Namangan viloyati hokimining iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют