» » Anis Alaviy “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni bilan taqdirlandi

Anis Alaviy “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha ilmiy rahbari Anis Alaviy “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Anis Lutfullayevichga ushbu unvon mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, sohaga oid islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdim etildi.

Anis Alaviy — taniqli fan arbobi, terapevt, kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston terapevtlar assotsiatsiyasining raisi. U yuqori malakali klinikachi, iqtidorli olim, iste’dodli pedagog va mohir tashkilotchi sifatida terapiya va kardiologiya sohasining O‘zbekistondagi rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning rahbarligida 22 nafar fan doktori, 52 nafar fan nomzodi yetishib chiqdi.

Professor shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bo‘lim xodimlari bilan birgalikda o‘tkir miokard infarktini tashxislash, davolash yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha koronaroangiografiya va agioplastika usullarini keng yo‘lga qo‘ygan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют