» » Soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda

Soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda


Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni maxsus ishchi komissiyaga yo‘llash imkoniyati tug‘ildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son farmoniga muvofiq soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi komissiyaga ushbu yo‘nalishdagi o‘z takliflaringizni berishingiz mumkin”, — deyiladi xabarnomada.

Takliflarni quyidagi shakl orqali yo‘llash mumkin.

“Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon 18-iyul kuni imzolangan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют