» » Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etiladi

Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etiladi


O‘zbekiston Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining takliflariga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tarkibida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etiladi. Prezident 27-iyul kuni bu haqdagi qarorni imzoladi, deb xabar beradi Uz24.

Hujjatda Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul kilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2017–2018-o‘quv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantiradi.

Chirchiq davlat pedagogika institutiga 2017–2018-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishga amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Fan va texnologiyalar agentligi Xalq ta’limi vazirligining taklifiga asoslanib Chirchiq davlat pedagogika instituti uchun tayanch oliy ta’lim muassasalariga doktoranturaga 2018-yil uchun maqsadli kvotalar ajratadi.

Xalq ta’limi vazirligi 2017-yil 1-sentabrgacha Chirchiq davlat pedagogika instituti yo‘riqnomasini tasdiqlab, o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 21:27)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют