» » Olmaliqda Toshkent davlat texnika universitetining filiali ochiladi

Olmaliqda Toshkent davlat texnika universitetining filiali ochiladi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yangi o‘quv yilidan ish boshlaydi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 27-iyuldagi poytaxt viloyati ishlab chiqarish-sanoat sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni yaxshilash haqidagi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq tog‘-metallurgiya fakulteti tugatiladi. Shu fakultetning 2016–2017-o‘quv yilidagi 1–3-kurs talabalari Navoiy davlat konchilik instituti yoki Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialiga o‘tkaziladi.

2017–2018-o‘quv yilida Olmaliq tog‘-metallurgiya fakultetiga topshirayotganlar ushbu filialga o‘qishga qabul qilinadi. Filial, shuningdek, maxsus sirtqi va kechki bo‘limlarga ega bo‘ladi.

Sirtqi va kechki ta’lim to‘lov-konrakt shaklida amalga oshiriladi. Jami bu bo‘limlarga 75 tadan odam qabul qilish rejalashtirilmoqda. Talabalar bilan o‘qish tugaganidan so‘ng belgilangan joyda besh yil ishlab berish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 21:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют