» » Prezident biznes-ombudsmanni tayinladi

Prezident biznes-ombudsmanni tayinladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyuldagi farmoni bilan Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tayinladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ushbu lavozimga Dilmurod Qosimov tayinlandi.

Dilmurod Qosimov bunga qadar Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti davlat rahbarining farmoni bilan shu yilning may oyida joriy etilgan edi. Uning asosiy vazifasi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli ta’minlash, davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy mulk daxlsizligining qonuniy mexanizmlarini mustahkamlash shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini ustuvorligi prinsipini ta’minlashdir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют