» » OAVda tarqatiladigan axborotga yosh tasnifi qo‘yiladi

OAVda tarqatiladigan axborotga yosh tasnifi qo‘yiladi


O‘zbekiston mediasida tarqatilayotgan axborotga yosh tasnifi belgilanadi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Endilikda ma’lum axborot televideniye, internet va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Facebook’dagi sahifasida bayonot berdi.

Deputatning qayd etishicha, Qonunchilik palatasida “Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur loyiha bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda muloqot o‘tkazilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют