» » Britaniyalik xasta bolakay Charli Gard vafot etdi

Britaniyalik xasta bolakay Charli Gard vafot etdi


Britaniyalik 11 oylik bolakay, davosiz xastalikka yo‘liqqan Charli Gard olamdan o‘tdi. Bu haqda, Deutsche Welle radiosiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Bolaning ota-onasi uni davolatish uchun AQShga olib borishga uringan, ammo sudlashuvdan so‘ng britaniyalik shifokorlarning fikriga qo‘shilib, bolani hayot ta’minoti apparatidan uzishga rozi bo‘lgan edi.

Amerikalik shifokor bolani tajribaviy davolash metodini taklif qilgan, ammo Londonga kelib, uning ahvolini o‘rgangach, bu metod unga ta’sir qilmasligini tan olgan edi. Shundan so‘ng bolaning ota-onasi Kris Gard va Konni Yeyts sudga kiritilgan shikoyatni qaytarib olib, shifokorlarning talabini bajardi.

“Bizning ajoyib mitti farzandimiz hayotdan ketdi. Biz sen bilan juda faxrlanamiz, Charli”, — dedi bolaning onasi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют