» » Xatirchida uyida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Xatirchida uyida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi


Navoiy viloyatining Xatirchi tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida uyida noqonuniy ravishda qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017-yil 23-iyul kuni Xatirchi tumani “Baxshijar” MFYda yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan P.O. o‘z yashash xonadonida 1964-yilda Ijevsk mexanika zavodida ishlab chiqarilgan, Ij-18 rusumli, 16-kalibrli otish uchun yaroqli bo‘lgan ov qurolini tegishli hujjatlarsiz, qonunga hilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-modda, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют