» » O‘zbekiston kubogida yarim finalchilar aniq. “Nasaf” endi “Lokomotiv” bilan duch keladi

O‘zbekiston kubogida yarim finalchilar aniq. “Nasaf” endi “Lokomotiv” bilan duch keladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalida duch keladigan juftliklar nomi aniq bo‘lib ulgurdi.

Bungacha “Bunyodkor” Farg‘onaning “Neftchi” klubini va “Dinamo” Muborakning “Mash’al” jamoasini chorak finalda qoldirib ketgandi. Yarim finalda bu ikki omadli klub o‘zaro to‘qnash keladi.

Final ostonasidagi ikkinchi juftlikni esa “Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari tashkil qildi.

“Temiryo‘lchilar” chorak finalning birinchi o‘yinida Buxoroda golsiz durang o‘ynagandi. Toshkentdagi javob o‘yinida ham 90 daqiqa ichida gol urib bo‘lmadi. Qo‘shimcha daqiqalarda Kubokning amaldagi egasi hisoblangan “Lokomotiv” 3 ta gol urishga erishdi.

“Nasaf” esa Qo‘qonda jangovor durang qayd etdi — 2:2. Qo‘qonlik futbolchilar 3:0 hisobi uchun harakat qilayotgandi. Biroq so‘nggi uch daqiqada “Nasaf” mezbonlarning bu urinishini yo‘qqa chiqardi.

O‘zbekiston kubogi
Chorak final
28-iyul, juma

Gollar: Sadriddin Abdullayev, 98 (1:0). Aziz Omonov, 101 (2:0). Sardor Mirzayev, 120 (3:0).

Dastlabki o‘yin: 0:0

Gollar: Murod Xolmuhammedov, 20-pen (1:0). Jamshid Hasanov, 64 (2:0). Shahboz Erkinov, 87 (2:1). Jasur Hasanov, 90+1 (2:2).

Dastlabki o‘yin: 1:4

31-iyul kuni yarim finalning birinchi o‘yinida “Bunyodkor” Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. 2-avgust kuni esa “Nasaf” Toshkentda “Lokomotiv” mehmoni bo‘ladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-07-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют