» » Berlinda parishonxotir fuqaroga 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming yevro qaytarildi

Berlinda parishonxotir fuqaroga 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming yevro qaytarildi


Berlinning Neykeln tumanida o‘tkinchi shahar fuqarosiga daraxt ostida qoldirilgan 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming yevroni qaytardi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Qimmatbaho buyumlar egasining politsiyaga izoh berishicha, u velosipedini daraxtga taqab qo‘yayotgan paytda pul va tilla bo‘lgan o‘ramni bir chetga qo‘ygan, keyin esa bu haqda unutgan.

Daraxt ostidan ushbu o‘ramni topib olgan o‘tkinchi uning ichidagilarni ko‘rib, hayratdan yoqa ushladi. So‘ng ularni politsiyaga olib borishga qaror qildi. O‘ram ichida shaxsiy buyumlar ham bo‘lgani sababli politsiyachilar uning egasini tezda topdi.

Nemis qonunchiligiga ko‘ra, yo‘qotilgan buyumlarni topib olgan kishilarga topilma qiymatining 3—5 foizi beriladi. Mazkur holatda mukofot miqdori 2 ming yevroni tashkil etishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют