» » Sotilgan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsensiya talab etilmaydi

Sotilgan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsensiya talab etilmaydi


Tadbirkorlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi zarur bo‘lmagan hollarda ham litsenziya talab etayotganligidan shikoyat qilmoqda. Norma tahririyati Adliya vazirligiga tushuntirishlar yuzasidan murojaat etdi.

Haqiqatan ham litsenziyalanadigan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya olish kerakmi? Quyida Adliya vazirligining tahririyat murojaatiga bergan javobini keltiramiz.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 2-bandiga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.

Fuqarolik kodeksining 709-moddasiga binoan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va oluvchiga topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.

Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shu tariqa, O‘zADTA qonunga xilof ravishda:

Bundan kelib chiqadiki, sotuvchi tomonidan o‘z avtomobil transportida tovarlarni yetkazib berilishida litsenziyani talab qilishning sababi noto‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyoti hisoblanadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2016-yildagi 185-qarorining 2-bandida tovarlar sotuvchining o‘z avtomobil transportida yetkazib berilganda litsenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno, deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют